Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Fuqarolik qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi,
to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonun hujjatlaridan iborat.
Ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi,
to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi).
Ushbu moddaning uchinchi,
to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga qarashli huquqni himoya qilishni rad etishi mumkin.
Ism yoki shaxsiy sha’n egasi bo‘lmagan, lekin oilaviy mavqeyiga ko‘ra bundan manfaatdor bo‘lgan shaxs ham ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlarga chek qo‘yish yoki raddiya berish haqidagi talablarni qo‘yishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning o‘limidan keyin ham uning ismini va sha’nini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishiga harakat qilishi mumkin. Ismni va sha’nni buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi o‘limdan keyin tan olinmaydi.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan ushbu moddaning birinchi qismi talablarini buzgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida o‘zining tadbirkor emasligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas. Sud bunday bitimlarga ushbu Kodeksning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlar to‘g‘risidagi qoidalarini qo‘llashi mumkin.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma ravishda ma’qullaganidan so‘ng, u ham haqiqiy hisoblanadi.
4) ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlariga muvofiq o‘zlari tuzgan bitimlar bo‘yicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o‘zlari yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Tugatilayotgan yuridik shaxs kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatuvchi tomonidan ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilab qo‘yilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Unitar korxonaning ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari korxona ustav fondining miqdori to‘g‘risidagi, uni tashkil etish tartibi va manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, ushbu Kodeks 48-moddasining uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bu qoida shu’ba korxona ta’sis etgan unitar korxonaning shu’ba korxona majburiyatlari bo‘yicha javobgarligiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Matlubot kooperativining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi va
beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: kooperativ a’zolari qo‘shadigan pay badallarining miqdori to‘g‘risidagi; kooperativ a’zolari pay badallarining tarkibi va ularni qo‘shish tartibi hamda ularning badalni qo‘shish majburiyatini buzganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi; kooperativni boshqarish organlarining tarkibi hamda vakolatlari va ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki ovozlarning malakali ko‘pchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi; kooperativ ko‘rgan zararlarni kooperativ a’zolari tomonidan to‘lash tartibi to‘g‘risidagi.
Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilganidan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi.
Bitimni notarial tasdiqlash ushbu Kodeksning 107-moddasi talablariga mos keladigan hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlovchi ustxat yozib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda bitimni notarial tasdiqlash yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan asossiz bosh tortayotgan taraf bitimni tuzish kechiktirilganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to‘lashi lozim.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismi va
28-moddasida nazarda tutilgan hollarda to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tuzilgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan mayda maishiy bitimlarga taalluqli bo‘lmaydi.
Da’vo muddatining to‘xtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi qoidalar (ushbu Kodeksning 156,
157 va
159-moddalari), agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, maxsus da’vo muddatiga nisbatan ham qo‘llanadi.
Shaxs ixtiyorida bo‘lib, ushbu Kodeksning 228,
229,
230 va
232-moddalariga muvofiq uning egaligidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan ashyolarga doir egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tegishli talablar bo‘yicha da’vo muddati tamom bo‘lganidan keyin o‘ta boshlaydi.
Ushbu Kodeksning 228-moddasiga muvofiq, mulkdor mol-mulkini talab qilib olayotganida quyidagilarni ham talab qilib olishga haqlidir:
Ushbu moddaning ikkinchi,
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar shartnoma yoki qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning ikkinchi,
uchinchi va
to‘rtinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan burchlarni garovga qo‘yilgan mol-mulkning yo‘qolish yoki shikastlanish xavfini tug‘diradigan darajada qo‘pol suratda buzganida garovga qo‘yuvchi garovni muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
Agar garovga oluvchi ushbu Kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u o‘ziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman yo‘qolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi.
Ushbu Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garovdagi mol-mulkni sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2) ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘lganida garovga qo‘yuvchining talabi bilan;
5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta’minlanmagan kreditorlarning o‘z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.
Garov narsasi bo‘lgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi (ushbu Kodeksning 228-moddasi) asosida yoki jinoyat yoxud boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun (ushbu Kodeksning
204-moddasi) garovga qo‘yuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qo‘yilishi bekor bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.
Kafil majburiyatining ushbu modda birinchi qismining 1,
2 va
4-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi unga kafolat qaytarib berilgan yoki qaytarib berilmaganligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Shartnomadagi taraf amalga oshirishi kerak bo‘lgan to‘lovlar hisobidan to‘langan summa zakalat ekanligiga, xususan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan qoidaga rioya qilinmasligi oqibatida, shubha tug‘ilgan taqdirda, bu summa, agar boshqa hol isbotlangan bo‘lmasa, bo‘nak sifatida to‘langan deb hisoblanadi.
Kreditorning pul mablag‘laridan qonunsiz foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlariga asosan unga tegishi kerak bo‘lgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan qismini to‘lashni talab qilishga haqli.
Kechiktirib yuborish oqibatida o‘zi uchun ahamiyatini yo‘qotgan (ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismi) ijroni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani to‘lash (ushbu Kodeksning
342-moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
Shartnomalarga ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Ommaviy shartnomaning ushbu modda ikkinchi va
beshinchi qismlari bilan belgilab qo‘yilgan talablarga mos kelmaydigan shartlari haqiqiy emas.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganida o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shartnomaga qo‘shilgan taraf qanday shartlar asosida shartnoma tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, shartnomaga qo‘shilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida qo‘ygan talabi qondirilmaydi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning o‘zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik o‘zlarini qanday tutganligi e’tiborga olinadi.
Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks 370-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda olingan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi,
ikkinchi,
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlar to‘g‘risidagi qoidalar, agar qonun hujjatlarida boshqa muddatlar belgilangan bo‘lmasa yoki taraflar ularni kelishib olgan bo‘lmasalar, qo‘llaniladi.
Shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklar ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq qarab chiqish uchun sudga berilgan hollarda shartnomaning taraflar o‘rtasida kelishmovchiliklar chiqishiga sabab bo‘lgan shartlari sud qaroriga muvofiq belgilanadi.
Ushbu Kodeksning 380 va
381-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sud qarorini ijro etish tartibida o‘tkaziladigan kimoshdi savdosiga nisbatan ham qo‘llaniladi.