O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu Kodeks 97,
98,
104 — 106,
118,
119-moddalari, 126
1-moddasining
to‘rtinchi — sakkizinchi qismlarida,
137,
164 — 166,
169-moddalari, 173-moddasining
ikkinchi va
uchinchi qismlari,
220,
222,
247,
252,
263,
267,
271-moddalari, 277-moddasining
ikkinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Kodeksning 122,
123,
1251-moddalarida, 126
1-moddasining
birinchi va ikkinchi qismlarida,
127,
1271,
1281,
144,
146,
193 — 195,
205 — 210,
225,
226,
230 — 232,
234,
235,
279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina qo‘llaniladi.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi. Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin.
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va
“b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining
birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning
ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning
uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning
54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish),
106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish),
107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish),
108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish),
109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining
birinchi qismida (qiynash),
111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish),
115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining
birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining
birinchi qismida (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish),
122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash),
123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining
birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 126
1-moddasining
birinchi,
ikkinchi,
uchinchi va
to‘rtinchi qismlarida (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik),
136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining
birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 141
1-moddasining
birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 141
2-moddasining
birinchi qismida (shaxsga doir ma�lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish),
143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish),
148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish),
149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining
birinchi qismida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining
birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining
birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “
b” va “
v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish),
172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining
birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish),
180-moddasida (soxta bankrotlik),
181-moddasida (bankrotlikni yashirish),
1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish),
189-moddasida (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish),
191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish),
192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish),
229-moddasida (o‘zboshimchalik), 256-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining
birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining
birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining
birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining
birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining
birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining
birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining
birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining
birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan hisoblanadi.
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlik, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.
Ushbu Kodeksning 178 — 184,
185 — 1852,
189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning
78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
Agar ushbu Kodeksning 44,
46-moddalari asosida hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o‘qishga halol munosabatda bo‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish ushbu Kodeksning
1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa —
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning
97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, — Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki
119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki
137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish hamda transplantatsiya qilishning belgilangan shartlarini va (yoki) tartibini buzish, bundan ushbu Kodeksning 1151,
1331,
1332-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shuningdek vafot etgan odamning a’zolarini yoki to‘qimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki ta’lim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) uchun olish, —
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda odam o‘g‘rilash —
Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi — Ushbu Kodeksning 155,
1552,
1553,
158,
159,
161,
242,
245,
254,
2551 va (yoki)
264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat to‘g‘risida xabar qilmaslik, —
Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155,
158,
159,
161,
242,
245,
254,
2551 va (yoki)
264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi, —
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155,
158,
159,
161,
242,
245,
254,
2551 va (yoki)
264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, — O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini
Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston
Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “
a” va “
v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlari tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda qo‘llanilmaydi.
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining a’zolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, — Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
Ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda erning qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritilishini ta’minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, — Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, — Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali tarqatish —
Kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish — Tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish — O‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odamning o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, — Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoxud ularni o‘tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish, — Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
d) ushbu Kodeksning 155 va
161-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek texnologik jihatdan ular bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, — Ta’mirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz ta’mirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — Yo‘lovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263,
265 yoki
266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan ko‘proq miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Ancha miqdor | — | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor. |
Ancha miqdordagi zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Boshqa huquqiy ta’sir chorasi | — | jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov choralari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari). |
Valyuta operatsiyalari | — | valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar; valyuta qimmatliklarini chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga keltirish va jo‘natish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish va jo‘natish; xalqaro miqyosda pul o‘tkazish operatsiyalari. |
Valyuta qimmatliklari | — | chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan to‘lanadigan to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xomashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasnodir. |
Giyohvandlik vositalari | — | giyohvandlik vositalari ro‘yxatlariga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar |
Giyohvandlik vositalarining analoglari | — | kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalariga o‘xshash bo‘lgan, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar |
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishdagi ko‘p miqdor | — | tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi. |
Giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor | — | tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi. |
Davlat ishtirokidagi tashkilot | — | 1) ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti; 2) to‘liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti. |
Davlat siri | — | oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. |
Davlat sirlari | — | davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan cheklab qo‘yilgan o‘ta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ma’lumotlardir. O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga bo‘linadi. |
Juda ko‘p zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Juda ko‘p miqdor | — | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor. |
Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulot | — | tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lmagan, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar |
Katta ekin maydoni | — | 1000 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan ekin maydoni |
Ko‘p bo‘lmagan zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘p miqdor | — | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor. |
Ko‘p miqdordagi zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘pchilik uchun xavfli usul | — | o‘t qo‘yish, portlatish, suv bostirish va odamlar xalok bo‘lishi yoki ko‘p miqdorda zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan boshqa usullar. |
Mansabdor shaxs | — | doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs. |
Odamlardan foydalanish | — | boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlar, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish. |
Oldindan ayon bo‘lish | — | qonunda bayon etilgan xulq-atvor va shart-sharoitlarga munosabat va bu munosabatning shaxs ulardan xabardorligidan dalolat berishi. |
Oldindan til biriktirish | — | jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish to‘g‘risida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish. |
Prekursorlar | — | prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar |
Poraxo‘rlik | — | pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish. |
Pornografik mahsulot | — | pornografik asar, shuningdek badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoki odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan yoxud kompyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoki foto-, video tasvirini yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va narsalar |
Psixotrop moddalar | — | psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar |
Radioaktiv materiallar | — | qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa ko‘rinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv moddalar yoki yadro materiallari. |
Tamom bo‘lgan jinoyat | — | muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy xavfli qilmish. |
Tamom bo‘lmagan jinoyat | — | shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat. |
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs | — | biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs. |
Xizmat siri | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir ma’lumotlar. |
Xizmatchi | — | davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs. |
Xo‘jalik yurituvchi subyekt | — | mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar. |
Chet el valyutasi | — | 1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining pul belgisi bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi; 2) chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi schyotlar va omonatlardagi mablag‘lar. |
Chet el fuqarosi | — | biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs. |
Yaqin qarindoshlar | — | qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi | — | qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs. |
O‘rtacha kattalikdagi ekin maydoni | — | 250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ekin maydoni. |
Qilmish | — | harakat yoki harakatsizlik. |
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin | — | o‘yin tashkilotchisi (o‘yin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) o‘yin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bog‘liq yutuq to‘g‘risida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq o‘yin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi o‘yin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek o‘yin avtomatlaridan foydalaniladigan o‘yin. |
G‘arazgo‘ylik niyatlari | — | sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat. |
Harakat | — | shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va faol xulq-atvori. |
Harakatsizlik | — | shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori. |
Harbiy jinoyatlar | — | harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni o‘tash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar. |
Harbiy sir | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy yo‘sindagi ma’lumotlar. |
Hokimiyat vakili | — | davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. |
Hujjat | — | huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud bo‘lgan yozma hujjat. |
Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishdagi yoki tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzishdagi ko‘p miqdor | — | tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi. |
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2005-y., 39-son, 294-modda, 52-son, 384-modda, 385-modda; 2006-y., 25-26-son, 226-modda, 51-52-son, 498-modda; 2007-y., 14-son, 134-modda, 17-18-son, 171-modda, 37-38-son, 377-modda, 39-son, 401-modda, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 94-modda, 16-son, 116-modda, 117-modda, 28-son, 263-modda, 37-38-son, 366-modda, 39-son, 390-modda, 391-modda, 52-son, 513-modda, 514-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 171-modda, 37-son, 402-modda, 38-son, 414, 415-moddalar, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2010-y., 20-son, 147-modda, 21-son, 161-modda, 38-son, 329-modda, 51-son, 482-modda, 52-son, 509-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2012-y., 15-son, 166-modda, 37-son, 423-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda, 32-son, 425-modda, 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 36-son, 943-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son; 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son; 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son; 30.03.2021-y., 03/21/679/0256-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son; 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son; 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son; 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son; 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son; 16.11.2023-y., 03/23/878/0852-son; 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 16.03.2024-y., 03/24/921/0219-son)