O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu Kodeks 97-moddasining birinchi qismi,
98,
104 — 106,
118,
119,
137,
164 — 166,
169-moddalari, 173-moddasining
ikkinchi va
uchinchi qismlari,
220,
222,
247,
252,
263,
267,
271-moddalari, 277-moddasining
ikkinchi va
uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Kodeksning 122,
123,
1251,
127,
144,
146,
193 — 195,
205 — 210,
225,
226,
230 — 232,
234,
235,
279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina qo‘llaniladi.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish, qamoq yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin.
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va
“b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining
birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning
ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning
uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning
54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi.
g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab (ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno) — o‘n besh yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish),
106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish),
107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish),
108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish),
109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining
birinchi qismida (qiynash),
111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish),
115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining
birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining
birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish),
122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash),
123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining
birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish),
136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining
birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (haqorat qilish),
143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish),
148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish),
149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining
birinchi qismida (o‘z�ashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining
birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining
birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “
b” va “
v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish),
172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining
birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish),
180-moddasida (soxta bankrotlik),
181-moddasida (bankrotlikni yashirish),
1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish),
189-moddasida (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish),
191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish),
192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish),
229-moddasida (o‘zboshimchalik), 256-moddasining
birinchi va
ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining
birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining
birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining
birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining
birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining
birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining
birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining
birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining
birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan hisoblanadi.
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.
Ushbu Kodeksning 178 — 184,
185 — 1852,
189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning
78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
Agar ushbu Kodeksning 44,
46-moddalari asosida hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o‘qishga halol munosabatda bo‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish —
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning
97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki
119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki
137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan sodir qilingan bo‘lsa, —
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda odam o‘g‘rilash —
Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishini ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar va resurslar berish yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat — Ushbu Kodeksning 155,
1552,
158,
159,
161,
242,
245,
254,
2551 va (yoki)
264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat to‘g‘risida xabar qilmaslik, —
Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155,
158,
159,
161,
242,
245,
254,
2551 va (yoki)
264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi, —
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155,
158,
159,
161,
242,
245,
254,
2551 va (yoki)
264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tganligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, bunday o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, — O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini
Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston
Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining a’zolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, — Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohga, jabrlanuvchiga yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud jazoni o‘tayotgan mahkumga, ularning yaqin qarindoshlariga ulardan biror bir axborot, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organining, jazoni ijro etish muassasasining boshqa xodimi tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy yoki jismoniy ta’sir ko‘rsatish — Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, — Kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, radioaktiv, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni, shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish — Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek texnologik jihatdan ular bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, — Ta’mirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz ta’mirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — Yo‘lovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263,
265 yoki
266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan ko‘proq miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki
ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Ancha miqdor | — | eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor. |
Ancha miqdordagi zarar | — | eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Boshqa huquqiy ta’sir chorasi | — | jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov choralari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari). |
Valyuta operatsiyalari | — | valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar; valyuta qimmatliklarini chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga keltirish va jo‘natish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish va jo‘natish; xalqaro miqyosda pul o‘tkazish operatsiyalari. |
Valyuta qimmatliklari | — | chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan to‘lanadigan to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xomashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasnodir. |
Giyovandlik vositalari | — | “Giyovandlik vositalari to‘g‘risida”gi BMTning 1961-yilgi Yagona Konvensiyasining I va II Ro‘yxatlariga kiritilgan tabiiy yoki sun’iy tayyorlangan har qanday giyovandlik vositalari, “1961-yilgi “Giyovandlik vositalari to‘g‘risida”gi Yagona Konvensiyaga tuzatishlar haqida”gi 1972-yilgi Protokolga asosan kiritilgan tuzatishlar bilan birga. |
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor | — | tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi. |
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor | — | tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi. |
Davlat siri | — | oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. |
Davlat sirlari | — | davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan cheklab qo‘yilgan o‘ta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ma’lumotlardir. O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga bo‘linadi. |
Juda ko‘p zarar | — | eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Juda ko‘p miqdor | — | eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor. |
Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulot | — | badiiy, ilmiy yoki madaniy qimmatga ega bo‘lmagan, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar |
Katta ekin maydoni | — | 1000 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan ekin maydoni |
Ko‘p bo‘lmagan zarar | — | eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘p miqdor | — | eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor. |
Ko‘p miqdordagi zarar | — | eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘pchilik uchun xavfli usul | — | o‘t qo‘yish, portlatish, suv bostirish va odamlar xalok bo‘lishi yoki ko‘p miqdorda zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan boshqa usullar. |
Mansabdor shaxs | — | tashkiliy-boshqaruv yoki ma’muriy-xo‘jalik vakolatlari berilgan va mas’ul mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs. |
Mas’ul mansabdor shaxs | — | 1) hokimiyat vakillari; 2) davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash bo‘yicha doimiy yoxud vaqtincha tashkiliy boshqaruv yoxud ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish bilan bog‘liq lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar; 3) mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vakolati berilgan jamoatchilik vakillari; 4) ikkinchi bandda nazarda tutilgan vazifalarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bajarish bilan bog‘liq mansablarni egallovchi shaxslar. |
Odamlardan foydalanish | — | boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlar, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish. |
Oldindan ayon bo‘lish | — | qonunda bayon etilgan xulq-atvor va shart-sharoitlarga munosabat va bu munosabatning shaxs ulardan xabardorligidan dalolat berishi. |
Oldindan til biriktirish | — | jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish to‘g‘risida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish. |
Prekursorlar | — | BMTning “Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 1988-yilgi Konvensiyasiga Ilovaning I va II jadvallariga kiritilgan har qanday modda. |
Poraxo‘rlik | — | pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish. |
Pornografik mahsulot | — | badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video tasvirini yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va narsalar |
Psixotrop modda | — | BMTning “Psixotrop moddalar haqida”gi 1971-yilgi Konvensiyasining I, II, III va IV Ro‘yxatlariga kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda yoxud har qanday tabiiy material. |
Tamom bo‘lgan jinoyat | — | muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy xavfli qilmish. |
Tamom bo‘lmagan jinoyat | — | shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat. |
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs | — | biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs. |
Xizmat siri | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir ma’lumotlar. |
Xo‘jalik yurituvchi subyekt | — | mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar. |
Chet el valyutasi | — | 1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining pul belgisi bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi; 2) chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi schyotlar va omonatlardagi mablag‘lar. |
Chet el fuqarosi | — | biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs. |
Yaqin qarindoshlar | — | qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi | — | qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs. |
O‘rtacha kattalikdagi ekin maydoni | — | 250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ekin maydoni. |
Qilmish | — | harakat yoki harakatsizlik. |
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin | — | o‘yin tashkilotchisi (o‘yin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) o‘yin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bog‘liq yutuq to‘g‘risida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq o‘yin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi o‘yin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek o‘yin avtomatlaridan foydalaniladigan o‘yin. |
G‘arazgo‘ylik niyatlari | — | sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat. |
Harakat | — | shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va faol xulq-atvori. |
Harakatsizlik | — | shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori. |
Harbiy jinoyatlar | — | harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni o‘tash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar. |
Harbiy sir | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy yo‘sindagi ma’lumotlar. |
Hokimiyat vakili | — | davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. |
Hujjat | — | huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud bo‘lgan yozma hujjat. |
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2005-y., 39-son, 294-modda, 52-son, 384-modda, 385-modda; 2006-y., 25-26-son, 226-modda, 51-52-son, 498-modda; 2007-y., 14-son, 134-modda, 17-18-son, 171-modda, 37-38-son, 377-modda, 39-son, 401-modda, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 94-modda, 16-son, 116-modda, 117-modda, 28-son, 263-modda, 37-38-son, 366-modda, 39-son, 390-modda, 391-modda, 52-son, 513-modda, 514-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 171-modda, 37-son, 402-modda, 38-son, 414, 415-moddalar, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2010-y., 20-son, 147-modda, 21-son, 161-modda, 38-son, 329-modda, 51-son, 482-modda, 52-son, 509-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2012-y., 15-son, 166-modda, 37-son, 423-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda, 32-son, 425-modda, 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 36-son, 943-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son; 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son; 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son; 30.03.2021-y., 03/21/679/0256-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son; 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son; 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son; 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son; 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son; 16.11.2023-y., 03/23/878/0852-son; 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 16.03.2024-y., 03/24/921/0219-son)